Sizni sevgach men chamanlar, lolalarga uchragum,
Omad kelgay, a’lolardan a’lolarga uchragum.
Bilmadim bu ishq olami baxtmidir yo musibat?
Qo`rqamankim, tag`in qancha balolarga uchragum. (x2)
Tunday qora sochlarimni qilib tol-tol o`rdim men,
Zanjir-zanjir to`lqinidan o`zim ham lol o`rdim men.
Bolaligu, balog`atim to`qigan bu zanjirni,
Bog`lab qolsa, nogoh uzib, qilmang uvol o`rdim men. (x2)
Ming sanamning doding tinglab, bag`rim mening o`t bo`lur,
Ko`zyoshlarim to`shar daryo, ohlarim bulut-bulut.
Ming sanamning har nigohi bir o`q ota bag`rima,
Kim aytadi ming o`q yegan bag`rim mening o`t bo`lur.
Oh qo`rqaman, ishqim mening rashk-u orga aylanur,
To`lqin o`rgan zanjir-zanjir sochim dorga aylanur.
Va qalbim ham lolalarga uchragan shu baxtli qalb,
O`z qoniga bo`yalar-u, lolazorga aylanur. (x2)
O, o-o, lolazorga aylanur…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 12, 2017