Kechalari yolg`izlikda sani tashlab qo`ydim,
Sani xafa qilib, man xato qilib qo`ydim.
Tan olaman, olaman, olaman man, {x2}
Kechir, nozik ko`nglingni og`ritganim uchun,
Og`ritganim uchun.
San bilan birga yangi hayot boshlay deb keldim,
U qizlarning hammasiga xayr deya keldim.
Yuragimning nolalari, tushundim, faqat seni der,
Bilmas edim kechalari yig`laysan deb men deb.
Ishon, meni sevarsan deb o`ylamas edim ishon,
O`ylamas edim.
San mani chirog`im,
San mani yo`llarimni yoritadigan, yori-yoritadigan.
San mani quyoshim,
San sovuq yesam, mani ilitadigan, ili-ilitadigan.
Ilitadigan, ili-ilitadigan,
Yuragimni mani eritadigan.
San mani yomg`irim, san cho`llarda qutqaradigan,
Mani qutqaradigan.
Kechirgin meni bergan ozorlarim uchun o`shanda,
Kechirgin meni, qadringga yetmagan ekanman o`shanda.
Sog`indim seni, faqat o`zingni, qora ko`zingni.
Mani gaplarim ko`p senga, ko`zlarimga qarab,
Bekorga emas bu, so`zlarimni tingla.
Mani ko`p o`ylaysan deb, o`ylamasdim kechalari.
E qo`ying-ey, dema, hammasini eshitdim.
Dugonalaring aytib berdi hislaring,
Ulardan xafa bo`lma, sochib yurma jig`ing.
Nega ko`ngling borligini bildirmading?
Axir bilardingku, san manga yoqarding.
Bilmagan ekanmanku, san mani bunchalar sevasan deb,
Bilmagan ekanmanku, shundoq qiz mani baxtli etarkan deb.
O`ylab ko`rmagan ekanmanku, o`ylab ko`rmagan ekanmanku,
O`ylab ko`rmagan ekanmande, qaylardasan, yonimga kel.
San bilan birga yangi hayot boshlay deb keldim,
U qizlarning hammasiga xayr deya keldim.
Yuragimning nolalari, tushundim, faqat seni der,
Bilmas edim kechalari yig`laysan deb men deb.
Ishon, meni sevarsan deb o`ylamas edim ishon,
O`ylamas edim.
San mani chirog`im,
San mani yo`llarimni yoritadigan, yori-yoritadigan.
San mani quyoshim,
San sovuq yesam, mani ilitadigan, ili-ilitadigan.
Ilitadigan, ili-ilitadigan,
Yuragimni mani eritadigan.
San mani yomg`irim, san cho`llarda qutqaradigan,
Mani qutqaradigan.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 7, 2018