Zohid - Dengiz qo'shiq matni, lyrics

Zohid

Dengiz

To`lqinlanar dengiz, dengiz,
Qirg`oq bo`yida yulduz sanab o`tadi kunlarim.
Endi men sensiz, esiz,
Sani yo`qotdim man.

Tebranadi yelkan, yelkan,
Yelkan tagida man va sanga bo`lgan xotiram.
Sog`indim sani erkam, erkam,
Sani yo`qotdim man.

Ba’zida muz ustida edik,
Bulutlarning ustida.
Yoki dil tub-tubida edik,
Dengizlarning tubida.

Ba’zida toshdanda qattiq edik,
Qattiq edik toshdanda.
Yokida yumshab ketar edik,
Nastarin gullaridanda.

Tebranadi yelkan, yelkan,
Yelkan tagida man va sanga bo`lgan xotiram.
Sog`indim sani erkam, erkam,
Sani yo`qotdim man.
Sani olib ketdi to`lqinlari…

To`lqinlanar dengiz, dengiz,
Qirg`oq bo`yida yulduz sanab o`tadi kunlarim.
Endi men sensiz, esiz,
Sani yo`qotdim man.

Dengiz, sen bilan bog`liqdir hayotim,
Esiz, eshitmading mani dodu-faryodim.
Dengiz uzra uchib yuradi xayolim,
Balkim hamon hayotdir mani yorim.

To`lqinlanar dengiz, dengiz,
Qirg`oq bo`yida yulduz sanab o`tadi kunlarim.
Endi men sensiz, esiz,
Sani yo`qotdim man.

Tebranadi yelkan, yelkan,
Yelkan tagida man va sanga bo`lgan xotiram.
Sog`indim sani erkam, erkam,
Sani yo`qotdim man.

Endi men sensiz, sensiz,
Endi sen mensiz, mensiz.
Endi sen dengiz, dengiz,
Dengiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dengiz
Xonanda:
Zohid
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 2, 2019