• Abzalbek Husanov - Bog'lanib qoldim

    Abzal Husanov

    Bog’lanib qoldim

    Yor yo`lingni oshiq to`sgan dam,
    Xayollarim ayro kezgan dam, (x2)
    Yuragimni bosganida g`am,
    O`z dardimga dog`lanib qoldim,
    Yana sanga bog`lanib qoldim.

    To`lib oqar hamon o`sha soy,
    Tunlar bizni kutar ma’yus oy, (x2)
    Kelarsan deb izlab xoynahoy,

    Suv bo`yiga chog`lanib qoldim,
    Yana sanga bog`lanib qoldim. (x2)

    Sog`inch yoqar vujudim-tanam,
    Kuygan dilga boqmagan sanam. (x2)
    He-ey, orzuyingda bormanmi man ham?
    Shamollarga zorlanib qoldim,
    Yana sanga bog`lanib qoldim.

    Ko`zlaringga ko`zim tushgan dam,
    G`urur tog`in ishq qulatgan dam, (x2)
    Dil mehri yo ishq sehri ekan,

    Xasta edim, sog`lanib qoldim,
    Yana sanga bog`lanib qoldim. (x2)

    Yor yo`lingni oshiq to`sgan dam,
    Xayollarim ayro kezgan dam,
    Yuragimni bosganida g`am,
    O`z dardimga dog`lanib qoldim,
    Yana sanga bog`lanib qoldim.

    Xasta edim, sog`lanib qoldim,
    Ey, yana sanga bog`lanib qoldim.