Munis, ma’sum, mehri zilol,
Poyi jannat, ahli ayol.
Sizlar borki, sevgi bordir,
Sizlar borki, dillar bahor. (x2)

Chin vafo sizda bisyor,
Siz onasiz, sizsiz gulyor.
Qayda axir yorsiz lazzat?
Qayda axir qizsiz yoryor?

Munis, ma’sum, mehri zilol,
Poyi jannat, ahli ayol.
Sizlar borki, sevgi bordir,
Sizlar borki, dillar bahor.

Bir qo`lda dunyo, dunyo tortgan,
Bir qo`lda beshik, beshik tutgan.
Tun mahal oyni, oyni belab,
Tongda quyosh uyg`otgan.

Shundan sizning poyingizga
Ahli erkak boshin eggan.

Munis, ma’sum, mehri zilol,
Poyi jannat, ahli ayol.
Sizlar borki, sevgi bordir,
Sizlar borki, dillar bahor.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayol
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2017