Samolarda bulutlar kezar,
Zamin uzra o`gitlar kezar, (x2)
Yuragim jim, barini sezar,
Axir sening bolangman, Vatan. (x2)

Ko`kning quyosh hamda oyi bor,
Ko`z yoshlarim oqar soyi bor.
Ko`ksimning bir yorug` joyi bor,
Oh kim, sening bolangman, Vatan. (x2)

Axir sening bolangman, Vatan,
Jismim ila tanangman, Vatan. (x2)

Tuprog`ingda o`ynadim, kuldim,
Ketolmadim, qadringni bildim,
Ostonanga emaklab keldim,
Chunki sening bolangman, Vatan.

Kiprigimda miltillaydi yosh,
Bu ko`z yoshga jo bo`lgan quyosh.
Shamollarga qardoshman, qardosh,
Chunki sening bolangman, Vatan.

Axir sening bolangman, Vatan,
Jismim ila tanangman, Vatan. (x2)

Men bolangman, mushtipar Ona,
Sanamagin meni begona. (x2)
Sening uchun yonaman yona,
Chunki sening bolangman, Vatan. (x2)

Tuprog`ingga boshim qo`yaman,
Eng qadimiy hisni tuyaman.
Seni deya jonim beraman,
Chunki sening bolangman, Vatan. (x2)

Axir sening bolangman, Vatan,
Jismim ila tanangman, Vatan. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bolangman
Xonanda:
Feruza Karimova, Yusufxon Nurmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 12, 2019