• Bahrom Nazarov - Yo'q-yo'q qo'shiq matni, lyrics

    Bahrom Nazarov

    Yo’q-yo’q

    Bol dudoqlar, bu nigohlar
    Borgan sari, ko`rgan sari shaydo etar.
    Ko`zlar ila, so`zlar ila
    Dilda orzu paydo etar.

    Yo`q, yo`q, yo`q deysan-a,
    Buncha sabrim sinaysan-a?
    Xo`p, xo`p, xo`p, yor yana,
    Meni qancha qiynaysan-a? (x2)

    Qalbim mana, tingla yana,
    Ko`nglim guli, ishqqa seni iqror etay.
    Hijron dardin, sevgi shartin
    Yengib barin senga yetay.

    Yo`q, yo`q, yo`q deysan-a,
    Buncha sabrim sinaysan-a?
    Xo`p, xo`p, xo`p, yor yana,
    Meni qancha qiynaysan-a? (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.