Faxriddin Umarov - Sevgini asrang

Faxriddin Umarov

Sevgini asrang

Aytayin ishqimning dostonin, tinglang, do`stlar, {x2}
Bu ko`ngil asrorini ko`ngildan anglang, do`stlar. {x2}

Ishq to`ldirdi hayotim mazmunin yog`du bilan,
Ham umr gulzoriga baxsh etdi ishq rang, do`stlar. {x2}

Yorning mehrini siz oftob ila aylang qiyos,
Yashnagan qalbimni shu gulshanga tenglang, do`stlar,
Gulshanga tenglang, do`stlar.

Baxtu iqbolim sadoqat ham vafodan barq urar,
Shul sabab ko`ngilning ko`zgusida yo`q zang, do`stlar. {x2}

Sevgi insoniy saodat ham go`zallik olami,
Siz uni noxush sovuq yellardan asrang, do`stlar,
Oh, sevgini asrang, do`stlar.

Baxtlidir ishq imtihonidan yiqilmay o`tsa kim, {x2}
Bo`lmag`ay hamroh nadomat, oh-attang, do`stlar. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgini asrang
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2016