Nuriddin Hamroqulov - Qurboniman men

Nuriddin Hamroqulov

Qurboniman men

Bir fitna fe’llining, yuzi xolining,
Bir shirin tillining qurboniman men.
Bir qand maqollining, labzi lolining,
Bir og’zi bollining qurboniman men.

Bir qand maqollining, labzi lolining,
Bir og’zi bollining qurboniman men.

Bir siyoh mo’ylining, atir bo’ylining,
Bir nozik o’ylining, oftob ro’ylining, (x2)
Bir jannat kuylining, sarvi bo’ylining,
Bir shamshod gullining qurboniman men. (x2)

Bir ko’zi sharmlining, o’t nazarlining,
Zulfi anbarlining, mushki tarlining, (x2)
Pari suratlining, kun talablining,
Bir oy jamollining qurboniman men. (x2)

Bir oy jamollining qurboniman men. {x4}

Bir gulzor barlining, zar kamarlining,
Ingichka bellining qurboniman men. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qurboniman men
Xonanda:
Nuriddin Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2015