O’tayotib, bag’rim kuyib,
Derazangga bo’ylayman.
Majnuntolni quchib, unga
Dardlarimni so’ylayman.

Novdalarni emas, zora
Sochlaringni o’ynasam,
Rahmim kelar, uyda yolg’iz
Yotganingni o’ylasam.

Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x2)

Balki, jonim, gul kerakdir,
Olaqolgin gulimni,
Balki, jonim, dil kerakdir,
Olaqolgin dilimni.

Atirgulni hidlagayman
To’zitmasdan, uzmasdan,
Go’yo seni o’pganimdek,
Oromingni buzmasdan.

Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arazlama
Xonanda:
Nuriddin Haydarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 3, 2015