Gulday yuzingni, dilbarim,
Ko’rgoni keldim sog’inib.
San shohi olam, man gado,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Ishqingda, dilbar, zor-zor,
Yig’lab yuribman, ey nigor.
Kel-ey bugun, ko’zi xumor,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Kel-ey bugun, ko’zi xumor,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Tan ichra jonim san eding,
Xush mehribonim san eding,
Shirin zabonim san eding,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Shirin zabonim san eding,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Bog’u bahorimsan mani,
Ko’zi xumorimsan mani,
Shirin zabonimsan mani,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Mandin yashirma yuzlaring,
Yodimga tushdi so’zlaring,
Kuydirdi, yorim, ko’zlaring,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Ko’yingda, dilbar, zor-zor,
Shomu sabo, layli nahor,
Yo’q endi bizda ixtiyor,
Ko’rgoni keldim sog’inib.

Yo’q endi bizda ixtiyor,
Ko’rgoni keldim sog’inib. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inib
Xonanda:
Otajon Hudoyshukurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 3, 2015