Ruhshona - Hayot

Ruhshona

Hayot

Men yaralganman faqat sen uchun,
Taqdir bizni takror uchratar.
Bu yarim yurak sen bilan butun,
Bir nigohing qalbim yoritar.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so’zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog’inchingga hech ko’nolmasam?

Biz birga bo’lsak o’zgarar olam,
Maftun etar shirin tuyg’ular.
Sen mening go’yo asrovchi farishtam,
Senla dard ham baxtdek tuyular.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so’zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog’inchingga hech ko’nolmasam?

Tasavvurimga sig’maydi aslo
Sensizlikda o’tar bir kun ham,
Ko’zga ko’rinmas senla bir xato,
Borligingdan g’ururlanaman.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so’zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog’inchingga hech ko’nolmasam?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot
Xonanda:
Ruhshona
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 25, 2014