• Dunyolar g`animat, sen menga bir omad,
    Qaniydi, sen-la bo`lsam to abad.
    Sevish oson emas, senga ta’rif yetmas,
    Ey gulim, qiynama, yetar bas.

    Man ishqning dardida yonsam ham mayli-da,
    Faqat sen yig`lama, Faridam.
    Yolg`izim, eslab qol, roziman, jonim ol,
    Seni, jonim, hech kimga bermayman.

    Faridam mani, devonalar etma,
    Farishtam mani, begonalar etma.
    Faridam mani, farishtam mani,
    Beg`uborim, intizor etma. (x2)

    Sen go`zalsan, oysan, mani qalbim yoritgan nursan,
    Tanho o`zing, tanho mani dardimga davodirsan.
    Sen a’losan, nursan, mani xazonlarim gul etganim,
    Hayotimga ma’no olib kelgan, farishta, hursan.

    Faridam mani, devonalar etma,
    Farishtam mani, begonalar etma.
    Faridam mani, farishtam mani,
    Beg`uborim, intizor etma. (x2+x2)