• Serider - Yig'lama yurak

    Serider

    Yig’lama yurak

    Bu kecha g`amgin bir navo
    Yupatolmas, vaqt bo`lmas davo.
    Oshiq qalbga bunchalar jafo?
    Ich-ichimdan to`yib yig`ladim.

    Tun bo`yi seni o`yladim,
    Yonib ketgan yuragim bilan.
    Dardim hech kim bilmasin deya,
    Bir burchakda kuyib yig`ladim.

    Tunlarni kunga o`lab,
    Yashayman seni o`ylab,
    Izingdan ko`zim qarab,
    So`rayman najot izlab. (x2)

    Qo`y, yig`lama endi yurak,
    Unga endi o`zga kerak.
    Mening sevgim oddiy ermak,
    Qo`y, yig`lama endi yurak. (x2)

    Borlig`im, bor ishonchim,
    Yolg`izim eding, quvonchim,
    Mehrim edi senga cheksiz daryo.
    Yaqin kelma, nari tur,
    Endi begonasan menga
    Yolg`iz o`zimman, endi sensizmanku tanho.

    Seni o`ylab ko`zda yo`q uyqu,
    Vujudimni parchalar qayg`u,
    Alam, dod-faryod ila
    Yuragimda yig`lar bu tuyg`u.

    Qo`y, yig`lama endi yurak,
    Unga endi o`zga kerak.
    Mening sevgim oddiy ermak,
    Qo`y, yig`lama endi yurak. (x2)