Nozaninlar, benavolarga tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo`qtur, g`azab birla takallum aylangiz.

Gah buyuk, gah past giryon ko`rsangiz ushshoqni,
Qosh kulmassiz, nihon bori tabassum aylangiz.

Biz fano tuprog`i bo`ldik, dayr aro ey ahli zuhd,
Xonaqoh sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.

Ey mug`anniylar, Navoiy mast edi, kech uyg`onur,
Oni uyg`otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. (x2)

Sumbulim Layli ochibdur, yel kibi raso emas,
Dog`ini Majnun qonatmish, lolai xumro emas. {x2}

Nastarin ko`zgusidur, bir sori men, bir sori yor,
Chehri aksin ko`rguzur bir yuz guli ra’no emas.

Gulni o`xshatqanmikin yorimga go`yo bog` aro,
Yuz pari ko`nglum ichidin bulbuli shaydo emas. {x2}

Sumbul ustidin nasim esgach nigorim durrasi,
Yod qildimki dimog` oshiftadur, shaydo emas.

Gulni sarv uzra xayol ettim ko`ngil bo`stonida,
Rost aytay, sarvi gul ro`yin kibi zebo emas. {x2}

Bo`lmangiz mag`rur, ey shohlar, bu bog` aro,
Siz kabi bulturgi gullardan biri paydo emas.

Menga gul ruxsoriyu, bulbulga gul tutmish qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Emas
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 12, 2016