• Izzat-hurmat hech kutmagil, ko`rib-ko`rilmagan yerda,
    Oqil bo`lsang so`z aytmagil, navbat berilmagan yerda.

    Aqli butunlar unutmas, quruq yog`ochga barg bitmas,
    Aqlli er maskan tutmas, hulqi sevilmagan yerda.

    Nomard qo`sh ustida charchar, to`ymas osh ustida surlar,
    Urush qilib qilich sirpar, dushman ko`rinmagan yerda.

    Farosat qil, ko`rib aqlla, mard yigitning so`zin haqla,
    Maxtumquli, tiling saqla, so`roq so`ralmagan yerda.