Tohir Mahkamov - Men o'zimni sevaman qo'shiq matni, lyrics

Tohir Mahkamov

Men o’zimni sevaman

Men o`zimni sevaman, menga o`zim yoqadi,
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.
To`nim kalta va lekin yo`qdan ko`ra shukr bor,
Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor. (x2)

Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman,
Chap yuzimga urishsa, o`ngin tutib turaman. (x2)
Yurak degan qabrga armonimni ko`mganman
Va ustida bolamga o`yin tushib berganman. (x2)

Har tong qarab oynaga, deyman “mening g`amim yo`q”,
Men sog`lomman, men zo`rman, tashvishim yo`q, kamim yo`q.
G`animlarim yov, lekin men ulardan qarz emas,
Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas. (x2)

Xomush bo`lar ba’zilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib. (x2)
Tikan – tikan, gul – guldir, har narsa o`z holicha,
Azizlarim, dunyoni qabul qiling boricha. (x2)

Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
O`zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni imtihonga tashlabdur,
Pirim o`sha kovushsiz, devonai Mashrabdur.

Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
O`zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni sinovlarga tashlabdur,
Pirim o`sha kovushsiz, devonai Mashrabdur.

Ko`ylagimni so`rashsa, to`nimni ham beraman,
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman. (x2)
G`am so`zidan o`zimga shodlik so`zin yasayman,
Men shunaqa, o`zimni xursand qilib yashayman. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men o’zimni sevaman
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2017