• Yulduz Usmonova - Bolaligim seni sog'indim

    Yulduz Usmonova

    Bolaligim seni sog’indim

    Kapalaklar bilan o`ynashib,
    Sho`xliklarim anhorday toshib, (x2)
    Necha fasl, necha yil oshib,
    Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

    Endi umr yel kabi yelar,
    Sog`inchlarim ko`z yoshim elar,
    Bir zumgina chorlagim kelar,
    Bolaligim, seni sog`indim.

    Endi umr yel kabi yelar,
    Sog`inchlarim ko`z yoshim elar,
    Bir zumgina chorlagim kelar. {x2}

    O`tib ketdi qanchalar bahor,
    Topolmadim bir do`st vafodor, (x2)
    O`zing dildosh, o`zing beg`ubor,
    Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

    Murg`ak qalbim sir bermagandan,
    Buncha go`zal edi bu olam,
    Barcha birdek, mehribon odam,
    Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

    Yomg`irlarni ichgim keladi,
    Tuproqlarni kechgim keladi, (x2)
    Bo`ylaringdan quchgim keladi,
    Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

    Endi umr yel kabi yelar,
    Sog`inchlarim ko`z yoshim elar,
    Bir zumgina chorlagim kelar,
    Bolaligim, seni sog`indim. (x2)

    Bolaligim, men seni sog`indim,
    Bolaligim, seni sog`indim. (x2)