Bir qiz kelar mening tomon,
Qo`llarida sadarayhon.
Ko`ray desam ko`zlarini,
Qayrilmaydi, yuzi pinhon.
Boqmaydi hech bir bor qiyo,
Dimoqlari osmon go`yo.
Qiz degani shunchalar ham
Kuydirmajon bo`larmi yo?
Sen-la baxtim bog`lansa,
Yorim, qaniydi,
Qalbing ko`zi ko`zlarimni
Qachon taniydi?
Yuz burma jonim, hay-hay,
Kuydirma jonim, hay-hay,
Nozingdan, ovozingdan bay-bay.
Duch kelganda so`z aytmay,
Sho`xlik qilib, gap otmay,
Axir ketolmayman indamay.
Ko`chamizdan o`tgan payti
Yuzin ko`rmay dil qiynaydi.
Shamol esib, yuzin to`sgan
Ro`molin uchirsaydi.
Yo`llarini to`ssammi-yo,
To`sib, gulim tutsammi-yo?
Bergan gulimni olmasa,
Olib qochib ketsammi-yo?
Sen-la baxtim bog`lansa,
Yorim, qaniydi,
Qalbing ko`zi ko`zlarimni
Qachon taniydi?
Yuz burma jonim, hay-hay,
Kuydirma jonim, hay-hay,
Nozingdan, ovozingdan bay-bay.
Duch kelganda so`z aytmay,
Sho`xlik qilib, gap otmay,
Axir ketolmayman indamay.
Sen-la baxtim bog`lansa,
Yorim, qaniydi,
Qalbing ko`zi ko`zlarimni
Qachon taniydi?
Yuz burma jonim, hay-hay,
Kuydirma jonim, hay-hay,
Nozingdan, ovozingdan bay-bay.
Duch kelganda so`z aytmay,
Sho`xlik qilib, gap otmay,
Axir ketolmayman indamay.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 1, 2016