Dod, to`ng`izda rashk bo`lmaydi,
Go`shti harom deydilar.
Rashki yo`q, ammo to`ng`iz
Yorin yotga qo`shmaydi.
Bir maskan bor, erkaklar
G`urur-orni toptaydi,
Xotinin, qizin sotib,
Davlat, yemak g`amlaydi.
Qo`shni qiz chetga ketsa,
O`qishga deb o`yladik.
Xotin-chi yo`lga yursa,
Tiriklik deb so`yladik.
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Or nomusni toptaydi.
Ularning nomi – da’yuslar!
Peshona, taqdir debon,
So`ylar bizga ertaklar,
Insonmas, hayvondanda
Jirkanch, da’yus erkaklar.
Xotin anday, er bunda
Ko`kragi to`la g`ururlar,
Oh, qiyomatning belgisi,
Xabar o`sha da’yuslar.
Bolalik to`ylar ko`rib,
Ho`p o`zlari yayradi.
Lekin o`z qizlariga, oh,
Baxtni ravo ko`rmadi.
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Or nomusni toptaydi.
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo, oh dod, ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar,
Dunyo bundan ma’yuslar.
Nahot hazar qilmaydi,
Kimligini bilmaydi?
Ularning nomi – da’yuslar!
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 13, 2016