Erta sahar bilan man sharob icharman,
Kecha-kunduz kunlarimni harob qilarman.
Shoxida bulbul sayrar dard bilan,
Alamli sevgi dardi maning kechmish boshimdan.
Duru-gavharlar doim sovg`a olarding,
Kamiga jonim, asalim, deb erkalarding.
Shoxida bulbul sayrar dard bilan,
Tarki dunyo qilding, jonim, san mani birdan.
Sog`inaman, sog`inaman
Qora qosh-ko`zing sog`indim.
Sog`inaman, sog`inaman
Xushro`yi zabon sog`indim. (x2)
Ayol makridan man tuzoqqa tushdim,
Hatto ota-onam, yaqinlarimdan kechdim.
Shoxida bulbul sayrar dard bilan,
Chin sevgini adashtirdim man banda bilan.
Peshin paytida ota-onam namozda,
Aka-ukalarim esa mehnat shashtida.
Shoxida bulbul sayrar dard bilan,
Besh kunlik dunyoni kechdim majnunlik bilan.
Sog`inaman, sog`inaman
Qora qosh-ko`zing ko`rmayin.
Sog`inaman, sog`inaman
Xushro`yi zabon eshitmayin.
Sog`inaman, sog`inaman
Qora qosh-ko`zing sog`indim.
Sog`inaman, sog`inaman
Xushro`yi zabon sog`indim. (x1+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 16, 2016