Ilhom Ibrohimov - Anorliyu anjirli qo'shiq matni, lyrics

Ilhom Ibrohimov

Anorliyu anjirli

Bir hovli bor anorli-yu anjirli,
Qachon borsam, darvozasi zanjirli.
Kirib boray desam asta chorbog`dan,
Topilmaydi bir bahona arzirli.

Eshigingning oldi anhordir, yorim,
Anhorning suvlari loylandi, yorim. (x2)
Sochlaringni silayversin shamollar,
Piligiga jonim boylandi, yorim.

Bir hovli bor anorli-yu anjirli,
Qachon borsam, darvozasi zanjirli.
Kirib boray desam asta chorbog`dan,
Topilmaydi bir bahona arzirli.

Ekkan rayhonlaring buncha iforli?
Kipriklaring jimirlaydi xumorli.
Oy nurida qizg`aldoqday titraysan,
Tegsam, barmoqlarim kuyar ozorli.

Bir hovli bor anorli-yu anjirli,
Qachon borsam, darvozasi zanjirli.
Kirib boray desam asta chorbog`dan,
Topilmaydi bir bahona arzirli.

Eshigingning oldi anhordir, yorim,
Anhorning suvlari loylandi, yorim. (x2)
Sochlaringni silayversin shamollar,
Piligiga jonim boylandi, yorim.

Bir hovli bor anorli-yu anjirli,
Qachon borsam, darvozasi zanjirli.
Kirib boray desam asta chorbog`dan,
Topilmaydi bir bahona arzirli. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Anorliyu anjirli
Xonanda:
Ilhom Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2018