Yor ko`chasida to`y bo`ldi
Uch kecha-kunduz, yor-yor.
Oh, yuragimda o`y bo`ldi
Uch kecha kunduz, yor-yor. (x2)
Oy nurida aytgan so`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Yurakni rom etgan ko`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Soy bo`yida aytgan so`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Oylarni rom etgan yuzlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Armonida kuydi bag`ir,
Kimlar dedi buni taqdir. (x2)
Hijronida o`tgan uch kun
Menga bo`ldi go`yo asr. (x2)
Yor ko`chasida to`y bo`ldi
Uch kecha-kunduz, yor-yor.
Oh, yuragimda o`y bo`ldi
Uch kecha kunduz, yor-yor. (x2)
O`lanchi qiz, o`lan, yor-yor,
Aldamchi qiz, alam, yor-yor. (x2)
Senga aytgan o`lanlarga
To`lib ketsin olam, yor-yor. (x2)
Yor ko`chasida to`y bo`ldi
Uch kecha-kunduz, yor-yor.
Oh, yuragimda o`y bo`ldi
Uch kecha kunduz, yor-yor. (x2+x2)
Oy nurida aytgan so`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Yulduzni rom etgan ko`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Soy bo`yida aytgan so`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Oylarni rom etgan so`zlari qayda qoldi, qayda qoldi?
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 16, 2017