VIA Marokand - Onamni ko'rmadim qo'shiq matni, lyrics

VIA Marokand

Onamni ko’rmadim

Yodgor deb ism qo`ydi dadam,
Lekin siz yo`q yonimda, onam.
Do`stlarim kabi chaqirsam man ham,
Onam, sizni sog`indim yomonam.

Alla-alla, bolam alla, ko`zmunchog`im o`g`lim, alla,
Degan so`zlar menga begona.
Pora-pora, yuragim pora, taqdir ekan netay, nachora,
Onamni ko`rmadim men bechora…

Dadam meni aldayapti, aldayapti, aldayapti:
“Onang safarga ketgan bolam, qaytadi”, – deb.
Dadam meni bilmayapti, bilishimni sezmayapti,
Aytmayapti: “Onang vafot etgan”, – deb.

Bugun men dunyoga kelgan kun,
Har yil dadam yig`lar shu kun.
Qo`llarida sizning suratingiz,
Bilsam, sizdan ayrilgan kun – shu kun.

Yuzingiz-yuzingiz ko`rolmadim,
Qo`lingiz-qo`lingiz tutolmadim,
Bag`rimga-bag`rimga bosolmadim,
Onam, onam, onam.

Tushlarimga kiring endi,
Yonimda yuring endi,
Mendan rozi bo`ling endi, Onam…

Dadam meni aldayapti, aldayapti, aldayapti:
“Onang safarga ketgan bolam, qaytadi”, – deb.
Dadam meni bilmayapti, bilishimni sezmayapti,
Aytmayapti: “Onang vafot etgan”, – deb.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onamni ko’rmadim
Xonanda:
VIA Marokand
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Shohrux V
Sana:
December 5, 2021