Akosh va Sakosh - Sog'indim qo'shiq matni, lyrics

Akosh va Sakosh

Sog’indim

Sani sevib xato qildim,
Yurakkinamni ado qildim,
Qalbimni dardga to`ldirdim,
Lek netay jonginam, sog`indim?

Tark etding butkul yolg`iz qo`yib,
Yashayabman sensiz bag`rim o`yib,
Ko`zlaring ko`rgim kelar doim,
Shu qora ko`zlaring sog`indim.

Chiqib qolsam nogoh yo`llaringdan,
Qo`llarim tutolmas qo`llaringdan,
Rasming quchib, bag`rim qonga to`lar,
Nahot o`zga quchar bellaringdan?

Bu kunlarimdan battari yo`q,
Nega hayotman, o`lganim yo`q?
Ollohim, olgin bu jonim,
Hayotim mazmun, ma’nosi yo`q.

Sog`indim,
Bugun jonim, seni sog`indim,
Azob chekib, yonar bu dilim,
Lek netay, yolg`izlik qiynar qalbim? (x2)

Bir paytlar qo`llaring tutgan edim,
Menga yor bo`lishing kutgan edim,
Sen bo`lsang hijronga otib ketding,
Sevgimni kimlarga sotib ketding?

Ayt gulim, mendek sevganmisan?
Ishqning azobin yutganmisan?
Sen bilan edi orzularim,
Yo`limga termulib kutganmisan?

Rostimmisan endi yolg`onim,
Orzuyimmi yoki armonim?
Mayliga roziman, baxtli bo`l,
Bu dilimdan so`nggi so`zlarim.

Qachon bu zorliklar tamom bo`lar?
Sevishganlar baxtli hayot ko`rar?
Armonga to`lmasin orzular,
Layli va Majnunlar xursand kular?

Sog`indim,
Bugun jonim, seni sog`indim,
Azob chekib, yonar bu dilim,
Lek netay, yolg`izlik qiynar qalbim? (x2)

Sog`indim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Aziga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim
Xonanda:
Akosh va Sakosh
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2018