Yog`dirib boshimga baloni,
Qoldirmay ketdida davoni,
Paydo ayladi-da
Menday qalbi yaroni.

Bilmas ekanda u vafoni,
Bilgani-bilgan jafoni.
Qoldirdi netay,
Sevdim ul bevafoni?

Qoshingning qarosiday,
Ko`zingning qarosiday,
Qaro tunda qoldirding-a mani.
Qoshingning qarosiday,
Ko`zingning qarosiday,
Qaro holimni ko`rgin mani.

Qaro, qaro, qaro, qaro, qaro qoshingdek
Mening baxtimni qaro aylading.
Yaro, yaro, yaro, yaro, yarolar,
Yurak-bag`rimni yaro aylading.

Taqdirni teskari burib bo`lmas,
Fursatni ortiga surib bo`lmas,
Yuraksizim, seni
Yuragimdan yulib bo`lmas.

Yuribman hijronning oralarida,
Zimistonlikning qoralarida,
Adashdim sochlaringning
Qora tolalarida.

Qoshingning qarosiday,
Ko`zingning qarosiday,
Qaro tunda qoldirding-a mani.
Qoshingning qarosiday,
Ko`zingning qarosiday,
Qaro holimni ko`rgin mani.

Qaro, qaro, qaro, qaro, qaro qoshingdek
Mening baxtimni qaro aylading.
Yaro, yaro, yaro, yaro, yarolar,
Yurak-bag`rimni yaro aylading. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuraksiz
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Alisher Ne'matov
Bastakor:
Alisher Ne'matov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 11, 2018