Asr yasha – asr o`rgan,
Shukur qil, Jahongir, so`raganingni bergan.
Martaba – bobolarining duolaridan,
Unutma kimsan, nasabing qayerdan.
Asr yasha – asr o`rgan,
Yaxshilardan bo`lgin, deb otam aytgan.
Erkalab momolarim, peshonamdan o`pgan,
Bolam, deb ayab, aybimni yashirgan.
O`zimman, o`zim deb ming marta kuydim,
Ko`ngil berib, ko`nglimni o`ydim,
Do`stni do`st demay, dushmanga yo`ydim man.
Kechagi kunimga qalbimni yopdim,
Tik turib kelajakka boqdim,
O`zgaraman deb, quvvatni yig`dim man.
Yaxshi niyat – yarim mol,
So`rab, keragini olib qol.
Vaqt o`tib yuzing yerga
Qarab qolmasin, yo`ldoshim.
Yaxshi niyat – yarim mol,
O`zingga berib ko`rgin savol.
Vaqt o`tib yuzing yerga
Qarab qolmasin, yo`ldoshim.
Aql emas, nasihat emas,
Kunlarimdagi kechirilgan tajriba.
Nima keragi bor hasad, musobaqa?
Hammaga bir bo`l, qil muroqaba.
Aql emas, nasihat emas,
O`ylamay gapirganimdan dillar yara.
Tobora uzoqlashib bormoqda masofa,
Bo`lmasin kech, tuzal, ko`rgin chora.
O`zimman, o`zim deb ming marta kuydim,
Ko`ngil berib, ko`nglimni o`ydim,
Do`stni do`st demay, dushmanga yo`ydim man.
Kechagi kunimga qalbimni yopdim,
Tik turib kelajakka boqdim,
O`zgaraman deb, quvvatni yig`dim man.
Yaxshi niyat – yarim mol,
So`rab, keragini olib qol.
Vaqt o`tib yuzing yerga
Qarab qolmasin, yo`ldoshim.
Yaxshi niyat – yarim mol,
O`zingga berib ko`rgin savol.
Vaqt o`tib yuzing yerga
Qarab qolmasin, yo`ldoshim. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 7, 2018