Nuring bilan toʻlgay zamin-u osmon,
Nuring bilan boʻlgay koʻngil charogʻon.
Kuchga toʻlgay qalblarda iymon,
Paygʻambarim diydorlarin koʻrgan ey mehmon. (x2)

Ramazon, Ramazon, Ramazon, Ramazon,
Xush keldingiz qalblarga mehmon.

Ramazoni sharif keldi koʻnglimizni oqlagani,
Roʻza tutib, tanimiz-u qalbimizni poklagani.
Ramazondir sabr oyi, hamd-u sano, zikr oyi,
Iymonli moʻmin bandaning inshaalloh Firdavs joyi. (x2)

Ramazon, Ramazon, Ramazon, Ramazon,
Xush keldingiz qalblarga mehmon.

Bordir qadrli bir kecha,
Laylatul qadr tonggacha,
Duolar mustajob boʻlgay,
Bedor boʻlaylik ul kecha.
Qurʼon oʻqib dilni yayrat,
Muhabbatni qalbga joyla.
Rahmat, magʻfirat, avf etar
Kuni keldi qalbing shayla. (x2)

Ramazon, Ramazon, Ramazon, Ramazon,
Xush keldingiz qalblarga mehmon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ramazon
Xonanda:
Diyora Muxtorova
Muallif:
Bastakor:
Farrux Sirojiddinov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
May 29, 2021