G'anisher Abdullayev - Ko'nolmadingmi qo'shiq matni, lyrics

G'anisher Abdullayev

Ko’nolmadingmi

Men bir narsani tushunib yetdim:
Bir insonni qattiq sevsang uning badali – qaytib hech kimni sevmaslik ekan. Men esa ulg`aygach, senga ko`nikkan yurak sebsizlikka ham ko`nikishini tushunib yetdim.

Sensiz baxtli bo`laman derding,
Sensiz o`ynab, kulaman derding.
Sensizlikka ko`naman derding,
Mensiz o`ynab-kulolmadingmu?
Mensizlikka ko`nolmadingmu?

Sindi ko`nglim, sindi sabrim ham,
Sensizlikka ko`ndi qalbim ham.
Bir gul topdim, to`ldi bag`rim ham,
Senchi mendek to`lolmadingmu?
Mensizlikka ko`nolmadingmu?

Meni tashlab ketding firoqda,
Jonga jafo etding qiynoqda. (x2)
Baxtim topdim, umrim ardog`da,
Senchi baxting topolmadingmu?
Topolmadingmu?

Bir paytlar yetmay qadrimga,
Azob berding jon tomirimga.
Nechun toshlar otding bog`imga?
Senchi meva tugolmadingmu? (x2)
Mensizlikka ko`nolmadingmu?

Meni tashlab ketding firoqda,
Jonga jafo etding qiynoqda. (x2)
Baxtim topdim, umrim ardog`da,
Senchi baxting topolmadingmu?
Topolmadingmu?

Sensiz baxtli bo`laman derding,
Sensiz o`ynab, kulaman derding.
Sensizlikka ko`naman derding,
Mensiz o`ynab-kulolmadingmu?
Mensizlikka ko`nolmadingmu?
Ko`nolmadingmu?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’nolmadingmi
Xonanda:
G'anisher Abdullayev
Muallif:
Alisher Akbarov
Bastakor:
G'anisher Abdullayev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2021