Mahmudjon Azimov - Ko'rarmikanman qo'shiq matni, lyrics

Mahmudjon Azimov

Ko’rarmikanman

To`zgan kunlaringni ko`p ko`rdim, xalqim,
Buzgan kunlaringni ko`p ko`rdim, xalqim,
Uzgan kunlaringni ko`p ko`rdim, xalqim,
O`stirgan kuningni ko`rarmikanman?

Uzgan kunlaringni ko`p ko`rdim, xalqim,
O`stirgan kuningni ko`rarmikanman?

Sochim supurgidir o`ring, qiringga,
Fahm yetgaymikin biror siringga?
Qiyomatga qolmay, biring biringga
Do`st bo`lgan kuningni ko`rarmikanman?

Qiyomatga qolmay, biring biringga
Do`st bo`lgan kuningni ko`rarmikanman?

Dil to`lib borsa ham do`g uzra dog`ga,
Yig`lab ko`chirdim shu she’rimni oqqa.
Bir-biring oyoqdan chalmay, oyoqqa
Bostirgan kuningni ko`rarmikanman?

Bir-biring oyoqdan chalmay, oyoqqa
Bostirgan kuningni ko`rarmikanman?

Qandoq ado bo`lmay, o`tmayin kuyib,
Yursang o`zni qiyib, yog`iyga kulib?
O`zing topganingni sen o`zing kiyib,
To`zdirgan kuningni ko`rarmikanman?

O`zing topganingni sen o`zing kiyib,
To`zdirgan kuningni ko`rarmikanman?

Bobongku qilichin bermagan edi,
Bobongku orini bermadi, yengdi.
Bobongdan bolangni bir qadam endi
O`zdirgan kuningni ko`rarmikanman?

Bobongdan bolangni bir qadam endi
O`zdirgan kuningni ko`rarmikanman?
O`stirgan kuningni ko`rarmikanman?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rarmikanman
Xonanda:
Mahmudjon Azimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018