Bir kun savol berdi yoshgina o`g`lon:
“Nechun Ollohim, deb yig`laysiz nolon?”
Dedim: “Javobimdan bo`lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa?
Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog`ingdan do`stu-yoroning,
Shunday o`tar bo`lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa?
Shunday o`tar bo`lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa?
Mingta ko`z poylaydi bitta joningni,
Joningnimas, martabang, balki shoningni.
O`t qo`ymay yoqarlar honumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa?
O`t qo`ymay yoqarlar honumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa?
Shunchalar karj erur dunyoyi-gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun?
Padar shod o`z o`g`lin bag`rin etsa hun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa?
Bu ko`hna dunyoda yashadim men ham,
Yaydoq tog` misoli bo`ldim, ber Egam.
Malomat qilurman senga olomon,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa?
Malomat qilurman senga olomon,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa? {x3}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 13, 2018