Yana kun o`tadi, tun o`tadi,
Xayolimda faqat o`zing.
Unut, jonim meni, degan so`zing
Xayollarimdan hech ketmaydi.
Yodimdasan, ko`zlari qoram,
Qayerdasan, bergin ishora.
Sensizlikka topmadim chora,
Lek men senga begona.
Afsus, sevgi so`ndi, armon bo`ldi,
Sababchi faqat sen o`zing.
Yurak chidolmaydi, ko`nolmaydi,
Sog`inchim meni tinch qo`ymaydi.
Yodimdasan, ko`zlari qoram,
Qayerdasan, bergin ishora.
Sensizlikka topmadim chora,
Lek men senga begona.
(Tuyg`u nahotki qalbimga olib kirsa qayg`u?
Axir kutganim faqatgina intilish ezgu.
Sababi bir inson, qalbimga joylangan,
Hayotim mazmuniga ham aylanib ulgurgan.
Nahotki, sevib qolish shunchalar ham aybmidi?
Muhabbat deganlari faqatgina dardmidi?
Endi hech qachon bo`la olmaymiz birga,
Yo`llarimiz ayro bir umrga.)
Yodimdasan, ko`zlari qoram,
Qayerdasan, bergin ishora.
Sensizlikka topmadim chora,
Lek men senga begona.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 12, 2019