Sardor Mamadaliyev - Otang rizo bo'lmasa qo'shiq matni, lyrics

Sardor Mamadaliyev

Otang rizo bo’lmasa

Boshingni devorga urib qolasan,
Husni-xulqing agar raso bo`lmasa.
Ko`kargan bo`lsangda so`lib qolasan,
Onang agar sandan rizo bo`lmasa,
Otang agar sandan rizo bo`lmasa.

Gerdayib yursangda, tagingda oting,
Qanchalar ulug`vor bo`lmasin zoting,
Bir puldir mehrsiz o`tkazgan oning,
Onang agar sandan rizo bo`lmasa,
Otang agar sandan rizo bo`lmasa.

Kun kelar, qalbingda armon to`ladi,
Tavbang o`tmay, ranging somon bo`ladi,
Bolangdan qaytgani yomon bo`ladi,
Onang agar sandan rizo bo`lmasa,
Otang agar sandan rizo bo`lmasa.

Oxiring voy bo`lib, g`aflat toparsan,
Odamlar ko`zida nafrat toparsan,
Xudoyimdan qandoq rahmat toparsan,
Onang agar sandan rizo bo`lmasa,
Otang agar sandan rizo bo`lmasa?

Ota-onang sandan rizo bo`lmasa…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otang rizo bo’lmasa
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2018