Sardor Navruzov x Khudjayev – Sensizlik qo'shiq matni, lyrics

Sardor Navruzov

Sensizlik

▪️ #CHORUS
Oylar o`tar bedorlikda darbadar,
Sensizlikda darbadar,
Bo`lmadi hatto xabar.
Sensizlikdan o`lmadim,
Sensizlikdan o`lmadim,
Ammo bunga ko`nmadim,
Lek baribir man o`lmadim. (x2)

▪️ #FP_SARDOR_NAVRUZOV
Qiynama, shuncha bergan azoblaring yetadi,
Jonimni olib hayot boshqa manzillarga eltadi.
Majbur endi ko`nadi, meni unutadi,
Men emas, endi o`zga qo`lin tutib ketadi.

Uchrashtirib, so`ngra ayirar ekan bu taqdir,
Kun uzun, bari xayoldan birma-bir o`tadi.
Yurak, deyman vaqtlar o`tib unutadi,
Biladi hammasini, tushunib seni kutadi.

▪️ #PRE_CHORUS
O`ylama, buzmayman to`yingni man,
Hattoki o`zimdan qizg`onsam ham.
Balki borarman baxting ko`rgani,
Yig`lama, oldingda mast bo`lsam ham.

▪️ #CHORUS
Oylar o`tar bedorlikda darbadar,
Sensizlikda darbadar,
Bo`lmadi hatto xabar.
Sensizlikdan o`lmadim,
Sensizlikdan o`lmadim,
Ammo bunga ko`nmadim,
Lek baribir man o`lmadim. (x2)

▪️ #SP_KHUDJAYEV
Qiynama, bo`ldi, tuyg`ular o`ldi,
Taqdirning o`yini ko`zlarim o`ydi.
Baxtingga yet endi, yonimdan ket,
Sevgim kitobida yopilgan bet.

Ko`z ko`zga tushganda ertami-kech,
Afsusing ko`rsatma, yig`lama hech.
G`amga botmagin, san mani o`ylab.
Axir man o`lmadim o`tsa ham oylar.

Mitti bu xona, mingta bahona,
O`ylama, dastingdan bitdimi holim?
Bemorman kunlari, bedor bu tunlarim,
So`ldi, qaqshadi, kul bo`ldi gullarim.

Sog`inchim aytolmay, yoningdan ketolmay,
Telbaku holim, man sanga yetolmay.
Keragi yo`q endi, xabar ham olmagin!
Ketaman, ortimdan qarab ham qolmagin!

▪️ #PRE_CHORUS
O`ylama, buzmayman to`yingni man,
Hattoki o`zimdan qizg`onsam ham.
Balki borarman baxting ko`rgani,
Yig`lama, oldingda mast bo`lsam ham.

Balki o`g`lingga ismimni qo`yarsan,
Balki unutasan ertami kech.
Lek mani yodimda bir umr qolasan,
Man sani unutolmasman hech.

▪️ #CHORUS
Oylar o`tar bedorlikda darbadar,
Sensizlikda darbadar,
Bo`lmadi hatto xabar.
Sensizlikdan o`lmadim,
Sensizlikdan o`lmadim,
Ammo bunga ko`nmadim,
Lek baribir man o`lmadim. (x2)

▪️ #OUTRO
Sensizlikda darbadar,
Bo`lmadi hatto xabar.

Ammo bunga ko`nmadim,
Lek baribir man o`lmadim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sensizlik
Xonanda:
Sardor Navruzov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 19, 2020