Shahzoda - Bu dunyo mehmonxona

Shahzoda

Bu dunyo mehmonxona

Yashamoqlik mazmunin
Anglaganlar, bilganlar –
Hayotda o’z o’rnini
Topishga intilganlar.

Avvalo bo’lgin inson,
Yoshlik bu shunday davron,
Bir go’zal taqdir yarat,
Sendadir barcha imkon.

Bu azaliy tarona,
G’animat ota-ona.
Kelib-ketar mehmonmiz,
Bu dunyo mehmonxona.

Topolsang agar sirin,
Hayot shu qadar shirin.
Qadr istasang agar,
Bo’lma mehr yashirin.

Dunyo bag’ri kimgadir,
Odil bo’lgan yengadir.
Sadoqatni kasb tutsang,
Chin muhabbat sengadir.

Bu azaliy tarona,
G’animat ota-ona.
Kelib-ketar mehmonmiz,
Bu dunyo mehmonxona. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu dunyo mehmonxona
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2015