Yulduz Abdullayeva - Bo'lmadi ketdim qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Abdullayeva

Bo’lmadi ketdim

Sevgilim, sendayin kuydirgich yo`qdir,
Bunchalar azobing sababin aytgil.
Sevgilim, sendayin suydirgich yo`qdir,
Bunchalar qiynoqlaring ne uchun, aytgil?

Ko`zlarini suzib, qoshlarin qoqib,
Go`zallar ko`nglingni oldimi balki?
Ohu ko`zlarin suzib, qoshlarin qoqib,
Oy jamollar aql-u xushing oldimi balki?

Bo`lmadi-bo`lmadi ketdim,
Dardim nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, netdim?

Bo`lmadi-bo`lmadi ketdim,
Dildan nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, ketdim?

U shoxdan bu shoxga qo`nishlaringni,
Mening uchun yolg`on kuyishlaringni, (x2)
Kechirib bo`larmi jononalarni
Ko`rganda ko`zlaring yonishlarini? (x2)

Bo`lmadi-bo`lmadi ketdim,
Dardim nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, netdim?

Bo`lmadi-bo`lmadi ketdim,
Dildan nari otdim.
Sening bilan baxtim
Kulmadi, ketdim?

Oh dedim, voh dedim, ketolmadim,
Menga yot qo`llardan tutolmadim.
Oh dedim, voh dedim, ketolmadim,
O`zimga yot qo`llardan tutolmadim.

O`ylamang, jonginam, siz uchun emas,
Muhabbat yuzidan o`tolmadim.
Jonginam, aslida siz uchun emas,
Muhabbatning yuzidan o`tolmadim.

Bo`lmadi-bo`lmadi keldim,
Nima qilay endi,
Sizga yana bir bor
Ko`nglimni berdim. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bo’lmadi ketdim
Xonanda:
Yulduz Abdullayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2018