• Dado - Yuragim (Happy birthday)

    Dado

    Yuragim

    Ma’yus, mahzun kunlar, (yuragim)
    Sensiz yorim, yolg`iz dilda zorim. (yuragim)
    Bedor uzun tunlar, (yuragim)
    Yo`qdir ixtiyorim, yo`q qarorim. (yuragim)

    Yondim ishqingda men, (yuragim)
    Nechun etmassan parvo, sen beparvo? (yuragim)
    Shu tun o`tinaman, (yuragim)
    Sen qiynama meni, o go`zalim, go`zalim.

    Yuragim, qalbimda tanho,
    Sensan tilagim, zor etma aslo.
    Dardimni olgin, yonimda bo`lgin. (yuragim)

    Sog`inch qiynar meni, (yuragim)
    Seni deb yondim, o sevgilim, aziz yorim. (yuragim)
    Dardimni yutaman, (go`zalim)
    Ko`rgim kelar faqat seni, o go`zalim, go`zalim.

    Yuragim, qalbimda tanho,
    Sensan tilagim, zor etma aslo.
    Dardimni olgin, yonimda bo`lgin.

    Happy birthday to you, jana,
    Happy birthday to you, киса (wow-wow-wow).
    Happy birthday to you,
    Baby, honey, sweety, крошка, лапочка-лапуся,
    Сладик, я так love you, asalim моя.

    Yuragim, qalbimda tanho,
    Sensan tilagim, zor etma aslo.
    Dardimni olgin, yonimda bo`lgin. (x2)