Qaytib kelma, seni endi kutib yasholmayman,
Seni deya endi yosh to`kolmayman,
Sen endi meni eslama, meni eslama.
Bo`ldi unut, seni umidvor eta olmayman,
Seni sevdim, lek sevib saqlolmayman,
Seni o`zimniki qilolmayman, meni unut.

Yo`q, seni eslamayman,
Yo`q, seni o`ylamayman,
Azoblarda bo`lsam ham.
Yo`q, meni eslamagin,
Yo`q, meni o`ylamagin,
Azob beraman senga yana.

Bilaman bu hayot, bilaman bu taqdir,
Bu umrim.
Menga ham og`ir, bilaman bu sevgim
Azoblardi seni, meni kechir. (x2)
Meni kechir…

Bersin u menga azobini,
Bersin u menga ko`z yoshini,
Uning uchun chekar edim men azob,
Axir uni umrini qildimku xarob.
Unutolmadi ko`z yoshlar xo`rlanib,
Dardda yoshlarini artolmay azoblanib.
Nega men azoblanib?

Tinmas, uni falakka qilar edi u nola,
Uchrashgan kunini eslab yig`lar edi bechora.
Kimga kim kerakligini ko`rdi ko`zlari,
Asradi, mehrini ayamadi, lekin, ayrildi.
Unga berdi azoblarni begumon,
Hatto qiynar edi, ayamasdan osmon.
Ayamasdan osmon…

Bilaman bu hayot, bilaman bu taqdir,
Bu umrim.
Menga ham og`ir, bilaman bu sevgim
Azoblardi seni, meni kechir. (x2)
Meni kechir…

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Taqdir
Xonanda:
ForMusic Pro
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 12, 2016