Dunyo bevafo derdilar,
Aytganlari rost bo’ldi,
Boshimdan tosh yog’dirdilar,
Borar yo’lim tor bo’ldi.

Hatto muhabbat bog’ida
O’sar ekan tikonlar.
Meni sevgan yorimdan ham,
Ayirdilar yomonlar.

Yor deya qoldim,
Faryod ura yondim,
Sen bevafodan
Hech kutmagandim. (x2)

Sensiz qolaman, sensiz,
Yolg’iz yashasam, yolg’iz.
Yurakdagi dardlarim,
Aytayin endi kimga bo’lmasang yor.

Qani ayting, ey do’stlarim,
Ahdga vafo bormikan?
Bizni shu kuyga solganga
Bir kun jazo bormikan?

Do’stingman deb sirim bilgan
Yuragimga o’q otdi.
Yolg’on so’z zahardek ekan,
Men yorimni yo’qotdim.

Yor deya qoldim,
Faryod ura yondim,
Sen bevafodan
Hech kutmagandim. (x2)

Sensiz qolaman, sensiz,
Yolg’iz yashasam, yolg’iz.
Yurakdagi dardlarim,
Aytayin endi kimga bo’lmasang yor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dard
Xonanda:
Muzaffar Abduazimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 4, 2015