O’ksib qoldi aldangan qalbim,
Bu dunyoga yetgulik dardim.
Aytgin go’zalim, aytaqol menga,
Arzonmidi shunchalar qadrim? (x2)

Yo’lingda zor, bo’lib intizor,
O’lgan ishqqa izlayman mozor.
Tunlar bolish quchib yig’layman,
Xayr endi, alvido, yor.

Xayr, xayr, xayr bevafo yor,
Xayr, xayr, xayr, alvido yor.
Xayr, xayr, xayr bevafo yor,
Xayr, xayr, xayr, xayr.

Xush bor endi, bag’ritosh dildor,
Yoring bilan yo’ling baxtiyor.
Faqat sendan bitta o’tinchim:
Bevafolik qilmagin zinhor.

Yo’lingda zor, bo’lib intizor,
O’lgan ishqqa izlayman mozor.
Tunlar bolish quchib yig’layman,
Xayr endi, alvido, yor.

Xayr, xayr, xayr bevafo yor,
Xayr, xayr, xayr, alvido yor.
Xayr, xayr, xayr bevafo yor,
Xayr, xayr, xayr, xayr. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayr
Xonanda:
Oqshom guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2015