• Jamoling ko`rsatgan sen,
    Baloga qolgan menman.
    Sevmoqlik gunoh bo`lsa,
    Bo`yniga olgan menman. (x2)

    Sensan lol etib shaydo
    Va lekin qilmay parvo,
    Hasratu firoqingdan-ey,
    Adolar bo`lgan menman. (x2)

    Menman, o`sha menman,
    Ko`yingda yongan menman.
    Menman, o`sha menman,
    Adolar bo`lgan menman.

    Gul desa chamanlarda
    Gul ochgan bahor yanglig`,
    Senga termulib zor-zor,
    Sarg`ayib, so`lgan menman.

    Ezilib yor-yorim,
    Rahm etmaysan gulingga,
    Ostonangda beqadr-ey,
    Qaddi bukilgan menman. (x2)

    Menman, o`sha menman,
    Ko`yingda yongan menman.
    Menman, o`sha menman,
    Adolar bo`lgan menman.

    Men emas mudom axir,
    Hamonki ishongaysan,
    Sen qilgan sitamlardan-ey
    Hasratga to`lgan menman.

    Ahdiga sodiq mendek-ey,
    Olamda oshig`i bormi-ey?
    Sen uchun yongan, kuygan,
    Bag`ri to`kilgan menman. (x2)

    Menman, o`sha menman,
    Ko`yingda yongan menman.
    Menman, o`sha menman,
    Adolar bo`lgan menman.

    Zulfingning har tolasin
    Bir g`azal qilgan mankim,
    O`zim kuylab ham tinglab,
    Sozim ham chalgan menman.

    Sen tonggi sabo, shabnam,
    Misoli farishtamsan-ey.
    Hasratu firoqingda-ey,
    Adolar bo`lgan menman. (x2)

    Menman, o`sha menman,
    Ko`yingda yongan menman.
    Menman, o`sha menman,
    Adolar bo`lgan menman.

    Menman, o`sha menman,
    Ko`yingda yongan menman.
    Menman, o`sha menman,
    Hasratga to`lgan menman.