Bojalar guruhi - Ona(2015 (Farzand sog'inchi)

Bojalar guruhi

Ona (2015 Farzand sog’inchi)

Erta tongda duo qilib,
Yana siz haqda o`ylayman.
Hech kim kelmasligin bilib,
Baribir sizni poylayman.

Qandayligingiz bilmasamda,
Sizni tilimdan qo`ymayman.
Onajonim, suratingizga
Qarab-qarab to`ymayman.

Yig`layverib, ko`zlarimda
Sira ko`z yoshlar qolmadi.
Shu sho`rlik ko`zlarim sizni
Kuta-kuta hech tolmadi.

Garchi meni tashlab ketgan
Bo`lsangizda ammo, lekin
Dilimdagi sizga bo`lgan
Iliq tuyg`ular o`lmadi.

Onajonim, jonim onam,
Men ham sizning bir qismingiz.
Farzandingizman lekin, biroq
Bilmam neligin ismingiz.

Siz ham meni eslaysizmu?
Sog`inib bir o`ylaysizmu?
Menku sog`inib charchadim,
Bir bor yo`qlab kelmaysizmu?

O`tgan-ketganlarga boqib,
O`ksinib qilarman havas.
Men ham onamning bag`rida
Olsaydim bir bora nafas.

Birdan-bir maqsadim hamda
Eng katta orzuyim sizsiz.
Siz bo`lsangiz bo`ldi menga,
Boshqa hech narsa kerakmas.

O`ylayman – gar topib borsam,
Ona, xursand bo`lasizmi?
Aytadigan gaplarim ko`p,
Tinglab, quloq solasizmi?

Menku sizni olislardan
Ko`rib bo`lsada ilg`ayman.
Sizchi ona, ko`rib meni,
Darrov taniy olasizmi?

Onajonim, jonim onam,
Men ham sizning bir qismingiz.
Farzandingizman lekin, biroq
Bilmam neligin ismingiz.

Siz ham meni eslaysizmu?
Sog`inib bir o`ylaysizmu?
Menku sog`inib charchadim,
Bir bor yo`qlab kelmaysizmu?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona (2015 Farzand sog’inchi)
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2017