Yuduz Usmonova - Hamroz bilan

Yulduz Usmonova

Hamroz bilan

So`zlamoq ersang gapingni,
Burkama pardoz bilan.
Kelsa kim qoshingga, boqqin
E’tibor, e’zoz bilan.

Jism-u joning birla tingla
Do`st-u yorlar suhbatin, (x2)
Inson insondir hamisha
Hamfikr, hamroz bilan. (x2)

Toma-toma ko`l bo`larmish –
El aro bordir naql,
Bir butun olam yaralmish
Kam-kamu, oz-oz bilan.

O`z kamolingga o`zing sen
Posbon-u soqchi bo`l. (x2)
Xokisor-u xor etma
Ulfati nosoz bilan. (x2)

Tolma oltin tog`i birla
Qolsa odat istasang,
Odamiylik deb atalmish
Bebaho me’ros bilan.

Yo`q, umr yo`li uzilmas,
Zoye ketkurma uni,
Qaydagi nokas-u nomard,
Qaydagi vosvos bilan.

To abad Oxunjoningni
Bog`la mahkam roz bilan. (x2)

Bog`la mahkam roz bilan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shaxboz Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hamroz bilan
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Oxunjon Hakim
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 11, 2017