Oy yuzli desam seni, oyning ham do’gi borday,
Ko’rkamlikda jamoling oftobdan beg’uborday.
Tabiating hamisha bulut, do’lsiz bahorday,
Umringning kuzu qishi yo’qligi barqarorday.
Kunda o’ylasam seni, tunda o’ylasam seni,
Ko’z o’ngimda tiniq osmon yaralmish.
Sen paydo bo’lgan bog’da zog’ bo’lmas, xazon bo’lmas,
Bulbullar navosida dard bo’lmas, nolon bo’lmas.
Oshiq holi tang bo’lib, ko’ksida armon bo’lmas,
Yo’lchi birdek sarg’ayib, rang-ro’yi somon bo’lmas.
Chilla chog’i, qishda ham, bir o’ng emas, tushda ham,
Bosgan izlaringda bo’ston yaralmish.
Oshiqlar o’z holini yozmishlar doston bilan,
Har tomchi, har bandini ko’z yoshi yo qon bilan.
O’tmasin bu olamda hech kishi armon bilan,
Hamdard bo’lmasin dono turganda, nodon bilan.
Chamanli, bog’li elda, so’nmas chiroqli elda,
Bulbullarga munosib oshyon yaralmish. {x2}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 19, 2015